Yilning eng yaxshi futzalchisi bo‘lishga nomzodlar: Yakuniy uchlik aniq

Bilasiz, O‘zPFL yil yakunida an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi. Tashkilot bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun futzal Oliy ligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz berdi.

Hozirga kelib, barcha nominatsiyalar uchun murabbiylar va sardorlar ovozlari berib bo‘lindi. Ovozlar hisoblanib, eng yaxshilar orasida kuchli uchlik aniqlandi.  

Isoxon Ibragimov ("Navbahor") - 22 o‘yin, 28 gol

Akbar Usmonov ("Paxtakor") - 19 o‘yin, 25 gol

Xusniddin Nishonov (AGMK) - 19 o‘yin, 10 gol.

G‘olib yil yakunida eng yaxshilarni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

mib
cola
apex
bmb