Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘lishga nomzodlar: Yakuniy uchlik aniq

Bilasiz, O‘zPFL yil yakunida an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi. Tashkilot bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun ayollar Oliy ligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz berdi.

Hozirga kelib, barcha nominatsiyalar uchun murabbiylar va sardorlar ovozlari berib bo‘lindi. Ovozlar hisoblanib, eng yaxshilar orasida kuchli uchlik aniqlandi.  

Lyudmila Karachik (“Bunyodkor-W”) - 19 ta o‘yin, 29 ta gol

Diyoraxon Xabibullaeva (“So‘g‘diyona-W”) - 18 ta o‘yin, 25 ta gol

Saida Galimova (“Bunyodkor-W”) – 19 ta o‘yin, 15 ta gol

G‘olib yil yakunida eng yaxshilarni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

mib
cola
apex
bmb