“Paxtakor” O‘zbekiston Coca Cola kubogi sohibi!

Hozirgina O‘zbekiston Coca Cola kubogi finali doirasida AGMK hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan uchrashuvda “sherlar” 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Dragan Cheran dubl qayd etgan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov VARdan so‘ng belgilangan penaltini “Panenka” uslubida amalga oshirib, bellashuvga “yakuniy nuqta”ni qo‘ydi.

Shu tariqa, “Paxtakor” o‘z tarixida 13-marta mamlakab kubogini qo‘lga kiritdi. Toshkentliklar 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011 va 2019 yillarda ham billur sovrin egasiga aylanishgan edi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Final

20 dekabr, yakshanba

AGMK – PAXTAKOR 0:3 (0:2)

Namangan. "Markaziy" stadion. 3579 tomoshabin

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov, Shavkat Nasibullaev

Nazoratchi: Vladislav Tseytlin

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Dragan Cheran, 28 (0:1), Dragan Cheran, 46 (0:2), Jaloliddin Masharipov, 59 pen (0:3)

AGMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Dilshod Jo‘raev (Jasurbek Umarov, 74), Elguja Grigalashvili (Arslanmirat Amanov, 62), Murodjon Toshmatov (Saydullo Rahmatov, 46), Bahrom Abdurahimov (Mirjamol Qosimov, 74), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 62), Yovan Jokich, Boburbek Yuldashov, Husniddin G‘ofurov.

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov (Vladimir Kozak, 89), Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Javohir Sidiqov, 83), Egor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Xojimat Erkinov, 72), Odiljon Hamrobekov, Abrorbek Ismoilov (Sardor Sobirxo‘jaev, 72), Eren Derdiyok.

Ogohlantirish: Sardor Rahmonov, 58.

mib
cola
apex
bmb