Shota Arveladze: “Raqib finalda o‘ynashni biladigan jamoa”

Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionida Coca Cola O‘zbekiston Kubogi finalidan oldin ikki jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanining keyingi qismida “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze va jamoa sardori Egor Krimets ishtirok etishdi.

“O‘yin qiziqarli va qiyin kechishi aniq. Deyarli butun mavsum davomida barqaro o‘ynadik. Maydonga o‘yinga har jihatdan tayyor futbolchilar tushadi. Sovrinlar yutish doim yoqimli. Ertaga ham sovrin yutishga harakat qilamiz”, - deydi Arveladze. “Hech bir jamoa biror sovrindan keyin to‘xtab qolishni istamaydi. Biz ham yangi-yangi g‘alabalar uchun harakat qilamiz. Raqib kuchli jamoa ekanligini barcha biladi. Ular finalda qanday o‘ynashni biladigan jamoa”.

“Bida har qanday tarkib janovar. Ular mavsum davomida ko‘p narsani isbotlab ulgurishdi. Raqibimiz yaxshi jamoa. Avvalgi ikki finalda ham ularga qarshi o‘ynaganmiz. Barqaror mavsum o‘tkazdik deb o‘ylayman. Final qiyin va qiziqarli kechadi”, - dedi Arveladze.

Egor Krimets: “Final o‘z nomi bilan final”

“Paxtakor” sardori Egor Krimets final o‘yinida jamoa yaxshi kayfiyatda maydonga tushishini aytdi.”Final o‘z nomi bilan final. Bir o‘yinga har qanday jamoa tayyorlana oladi. Shunday ekan, ertaga o‘yin oson kechmasligi aniq. Jamoaning kayfiyati yaxshi. Barcha mas’uliyatni his qilib turibdi. O‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz va o‘yingacha barcha yaxshi kayfiyatda etib kelishiga umid qilamiz. Ertaga barcha vodiy ahlini stadionga taklif etaman”, - deydi Krimets.

mib
cola
apex
bmb