O‘zbekiston Coca Cola kubogi finalini Zokir Qodirov boshqaradi

Bilasiz, 20 dekabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadion O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvini qabul qiladi. Mamlakat kubogining hal qiluvchi o‘yinida AGMK va “Paxtakor” o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvni Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Ruslan Samandarov yordamlashadi,

Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvida o‘zbek futboli tarixida ilk bor VAR tizimidan foydalaniladi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Final

20 dekabr, yakshanba

AGMK – PAXTAKOR

Bosh hakam: Zokir Qodirov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov

Zaxira hakami: Shavkat Nasibullaev

Nazoratchi: Vladislav Seytlin

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR Yordamchi hakami: Timur Gaynulin

VAR Nazoratchisi: Farhod Abdullaev.

mib
cola
apex
bmb