O‘zPFL yilning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlash jarayonini boshladi

Coca Cola Superligasi ushbu mavsumi yakuniga etganidan xabaringiz bor. Mavsum davomida O‘zPFL oyning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va golini aniqlab keldi. Yil yakunida esa, an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi. 

O‘zPFL bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Oldingi mavsumlarda yil laureatlarini aniqlashda ularning oyma-oy to‘plagan ochkolari yig‘indisi hisobga olinar edi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun yakunda ham Coca Cola Superligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz beradi. 
Yilning eng yaxshilari qatorida bu mavsum yilning eng yaxshi yosh futbolchisi ham aniqlanadi.

Coca Cola Superligasida yilning eng yosh futbolchisiga nomzodlar:

1. Abduvohid Ne’matov

2. Xojimat Erkinov

3. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev

Eng yaxshi yosh futbolchiga ovoz berish jarayoni 16 dekabr kunidan 25 dekabr kunigacha davom etadi.

mib
cola
apex
bmb