OAV diqqatiga: O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, 20-dekabr, yakshanba kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kubok bellashuvlarining hal qiluvchi o‘yinida AGMK va “Paxtakor” o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Final uchrashuvi oldidan 19-dekabr sanasida esa o‘yin oldi tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

 

* AGMK futbol klubi rasmiy mashg‘uloti – soat 12:00 dan 13:00 gacha (dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq)

* AGMK futbol klubi bosh murabbiyi va jamoa yetakchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani – soat 13:30 dan 14:00 gacha

* “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi va jamoa yetakchilaridan biri ishtirokida matbuot anjumani – soat 14:00 dan 14:30 gacha

* “Paxtakor” futbol klubi rasmiy mashg‘uloti – soat 15:00 dan 16:00 gacha (dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq)

 

Rasmiy mashg‘ulot jarayonlari hamda matbuot anjumanlarini bevosita voqea joyidan yoritib borish istagida bo‘lgan barcha turdagi OAV vakillarini “Markaziy” stadioniga taklif etamiz. Ushbu tadbirlarga jurnalistlar O‘zPFL tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkalarini ko‘rsatgan holda kirishlari mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvi 20-dekabr kuni soat 15:00 da Namangandagi “Markaziy” stadionda boshlanadi.

mib
cola
apex
bmb