O‘zbekiston Professional futbol ligasining yangi logotipi tasdiqlandi

Bilasiz, joriy yildan e’tiboran O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘z bayrog‘i ostida tashkil etiladigan barcha musobaqalar uchun alohida logotip ishlab chiqdi. Natijada, O‘zbekiston kubogi va mamlakat Superligasi bilan bir qatorda endilikda ayollar chempionati, futzal chempionati, shuningdek, Pro-liga hamda Birinchi liga bahslari ham o‘sha musobaqaning o‘z ramzi orqali ifodalab kelinmoqda. Mazkur jihat o‘zbek futboli jamoatchiligiga manzur bo‘lgani quvonarli hol, albatta.

Milliy musobaqalarning tashkiliy jihatlarini yangi bosqichga olib chiqish, teletranslyatsiyalar va marketing masalalariga yanada jiddiy e’tibor qarata boshlagan O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu yo‘lda tashkilot ramzini ham rebrending qilishni dolzarb, deya hisoblaydi.

Logotipning ommabopligi hamda tez tanilishini ta’minlash, qolaversa zamonaviy dijital platformalarda foydalanishga yanada qulay bo‘lishi maqsadida O‘zPFLning yangi ramzi ishlab chiqildi.

Endilikda O‘zPFL musobaqalariga oid yangiliklar yoritiladigan OAVda, chempionat uchrashuvlarining turli banner va roliklarida, reklama-e’lonlarida, O‘zbekiston chempionati ishtirokchi jamoalari liboslarida va boshqa faoliyatda yangi logotipdan foydalaniladi.

mib
cola
apex
bmb