O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Ikkinchi finalchi ma’lum bo‘ldi

Hozirgina O‘zbekiston Coca Cola kubogi yarim finalidan o‘rin olgan AGMK hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi va  qatorasiga uchinchi mavsum O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Yarim final

16 dekabr, chorshanba

AGMK – NASAF 1:0 (1:0)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 721 tomoshabin

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Alisher Fayziev

Gol: Bahrom Abdurahimov, 16 (1:0)

AGMK: Valijon Rahimov, Sardor Rahmonov, Dilshod Jo‘raev, Elguja Grigalashvili (Saydullo Rahmatov, 76), Murodjon Toshmatov (Akmal Shorahmedov, 86), Bahrom Abdurahimov (Shahzodbek Nurmatov, 67), Mirg‘iyos Sulaymonov, Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 76), Yovan Jokich, Jasurbek Umarov, Husniddin G‘ofurov.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev (Husain Norchaev, 65), Bobir Abduxoliqov, Sharof Muxitdinov, Jo‘rabek Mannonov, Islom Kenjaboev (Shohmalik Komilov, 80), Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Husniddin G‘ofurov, 39 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb