“Neftchi” — “Andijon” o‘tish o‘yini 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

Pro ligada 2-o‘rinni egallagan “Neftchi” hamda Coca Cola Superliganing 13-jamoasi bo‘lgan “Andijon” ishtirokidagi uchrashuv 15-dekabr kuni “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

O‘zPFL Tartib-intizom qo‘mitasining “Neftchi” futbol klubi bo‘yicha qarorini kutdi. Qo‘mita klubning o‘tish o‘yinida ishtirok etishi uchun sharoit yaratdi. Faqatgina”Istiqlol” arenasidagi keyingi uch rasmiy uchrashuv muxlislarsiz o‘tishi ma’lum qilindi.

O‘tish o‘yini 14:00 da start oladi va u jonli efirda namoyish etiladi.

mib
cola
apex
bmb