Noyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Noyabr oyida Superligada 23, 24, 25 hamda 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Shota Arveladze (“Paxtakor”) – 4ta o‘yin, 3ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat

Dilyaver Vaniev (“Mash’al”) – 4ta o‘yin, 3ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat

Ro‘ziqul Berdiev (“Nasaf”) – 4ta o‘yin, 2ta g‘alaba, 1ta durang, 1ta mag‘lubiyat

Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”) – 4ta o‘yin, 2ta g‘alaba, 1ta durang, 1ta mag‘lubiyat.

Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Sardor Abduraimov (“Mash’al”) – 2ta gol, 2ta assist

Marko Stanoevich (“Nasaf”) – 2ta gol

Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) – 2ta gol

Noyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Fayzullo Jumanqo‘ziev (“Surxon” – “Buxoro”)

Marko Stanoevich (“Bunyodkor” – “Nasaf”)

Sardor Abduraimov (“Mash’al” – “Navbahor”)

Ibe Okoro (“Buxoro” – “Mash’al”)

Azimjon Ahmedov (“Qo‘qon-1912” – “Navbahor”).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL  tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali oktyabr oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

mib
cola
apex
bmb