O‘zbekiston Coca Cola kubogi chorak finaliga 8-dekabr kuni qur’a tashlanadi

Bugundan e’tiboran 16 klub O‘zbekiston Coca Cola kubogi g‘olibligi uchun kurashga kirishadi. 7-8-dekabr kunlari jami 8 ta uchrashuv tashkil etilib, chorak final ishtirokchilari aniqlab oladi. 

Nimchorak finalning so‘nggi uchrashuvi ertaga — 8-dekabr kuni o‘tkazilib, unda “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Shu bilan chorak finalning barcha ishtirokchilari aniq bo‘ladi.

O‘zPFL hamda “Sport-TV” o‘zaro kelishib, chorak final uchun qur’a tashlash marosimini yuqorida ko‘rsatilgan o‘yin yakuniga etishi bilan o‘tkazishga qaror qildi. Bu jamoalarga keyingi raqiblarga qarshi tayyorgarlik ko‘rish imkonini taqdim etadi. 

Qur’a avvalgi sodda formatda o‘tadi. Bunda savatchadan birinchi olingan klub chorak finalni o‘z maydonida o‘tkazadi, keyingi jamoa esa o‘z-o‘zidan uning raqibiga aylanadi.

mib
cola
apex
bmb