"Bunyodkor-W" O‘zbekiston kubogi sohibi

Bugun Jizzax shahrida ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy "So‘g‘diyona-W" jamoasi Toshkentning "Bunyodkor-W" klubini qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

8-daqiqada Aziza Norboeva burchakdan uzatib berilgan to‘pdan so‘ng o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va uchrashuvda hisob ochildi.

29-daqiqada Marina Kosniokva jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, darvozaning to‘qqizligini ishg‘ol qildi va hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etdi, ammmo tablodagi hisob boshqa o‘zgarmadi. Shu tariqa, "Bunyodkor-W" jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi. Final

6 dekabr, yakshanba

SO‘G‘DIYoNA-W - BUNYoDKOR-W 0:2 (0:2)

Jizzax. "So‘g‘diyona" markaziy stadioni. 315 tomoshabin

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Zilola Rahmatova, Xayriniso Erkinova, Edita Mirabidova

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Aziza Norboeva, 8 avtogol (0:1), Marina Kosnikova, 29 (0:2)

Ogohlantirishlar: Xolida Dadaboeva, 79, Diyoraxon Habibullaeva, 79 - Dilnoza Bektemirova, 88, Nozimaxon Ergasheva, 90+5.

Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi sohiblari:

2002 yil – “Andijanka” (Andijon)

2003 yil – “Andijanka” (Andijon)

2004 yil – “Andijanka” (Andijon)

2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2009 yil – “Andijanka” (Andijon)

2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2014 yil – “Metallurg W” (Bekobod)

2015 yil – “Metallurg W” (Bekobod)

2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2017 yil – “Metallurg W” (Bekobod) 

2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2019 yil –  “Bunyodkor W” (Toshkent).

2020 yil –  “Bunyodkor W” (Toshkent).

mib
cola
apex
bmb