O‘FA va O‘zPFLning maxsus ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonga bordi

Ayni kunlarda O‘zPFL Bosh direktori v.b. Diyor Imomxo‘jaev hamda O‘FA texnik direktori Sergey Arslonov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.

O‘FA hamda O‘zPFL vakillaridan iborat ishchi guruh Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish, xususan “Aral” futbol klubining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va uning kelasi mavsumda istisno tarzida Pro ligada ishtirok etishi masalasini o‘rganib chiqmoqda.

Jumladan, “Turon” stadionining bugungi kundagi holati, kelgusida “Aral” futbol klubiga biriktirilishi rejalashtirilayotgan ob’ektlar, klubga yangi qarorgoh qurish masalasi, klubning infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha rejalar bilan tanishildi.

Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Qahramon Sariev hamda Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov qabulida bo‘lib, “Aral” futbol klubi poydevorini mustahkamlash, klubni bosqichma-bosqich zamonaviy ko‘rinishga keltirish masalalarini muhokama etdi. Bu borada ishchi guruh xulosalari tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. 

 

mib
cola
apex
bmb