O‘zbekiston kubogi. Finalchilar ma’lum

2 – 3 dekabr kunlari ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 1-guruhda “Bunyodkor-W” jamoasi o‘z maydonida “Paxtakor-W”ni qabul qildi va 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Elmira Gulamova shogirdlari o‘z guruhida 6 ochko jamg‘argan holda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

2-guruhda esa “So‘g‘diyona-W” jamoasi “AGMK-W”ni 3:0 hisobida dog‘da qoldirib, 6 ochko bilan final chiptasiga ega chiqdi.

O‘zbekiston kubogi. 3-tur

2 dekabr, chorshanba

BUNYoDKOR-W – PAXTAKOR-W 5:1 (2:1)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi. 57 tomoshabin

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova, Nikita Mustafin

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Nigora Abidova

Gollar: Mariya Moiseeva, 28 (0:1), Lyudmila Karachik, 40 (1:1), Saida Galimova, 45+1 (2:1), Nozimaxon Ergasheva, 69 (3:1), Lyudmila Karachik, 84 (4:1), Kamola Risqieva, 90+1 (5:1)

Noaniq penalti: Luiza Sadirova, 27 ("Bunyodkor-W")

Ogohlantirishlar: Kamola Risqieva, 56 – Zuxra Berdieva, 48, Ana Alekperova, 56, Oybarchin Turg‘unova, 68.

3 dekabr, payshanba

SO‘G‘DIYoNA-W – AGMK-W 3:0 (1:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi. 23 tomoshabin

Hakamlar: Doston Rahmonov, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Shohruh Qayumov

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov

Komissar: Akmal Qoraboev

Gollar: Diyoraxon Xabibullaeva, 4 (1:0), Albina Boboqulova, 58 (2:0), Diyoraxon Xabibullaeva, 62 (3:0)

Ogohlantirishlar: Nasiba Xojieva, 25, Iroda Turdalieva, 73, Nafisa Nabiqulova, 85 – Kamila Zaripova, 25, Dilrabo Asadova, 40, Shohida Tojiddinova, 73.

Final

6 dekabr, yakshanba

13:00 SO‘G‘DIYoNA-W – BUNYoDKOR-W.

mib
cola
apex
bmb