OAV xodimlari diqqatiga!

Xabaringiz bor, 6 dekabr kuni ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda “So‘g‘diyona-W” hamda “Bunyodkor-W” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur bahs Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvni yuqori saviyada tashkil etish, OAV orqali yoritish, o‘yindan eksklyuziv lavhalar, fotosuratlar tayyorlash, intervyular uyushtirish maqsadida O‘zPFL barcha turdagi OAV xodimlari uchun sharoit yaratishni maqsad qilgan. Shu bois, ushbu bellashuvni bevosita stadiondan turib yoritib borish istagida bo‘lgan OAV vakillari uchun avtobus tashkil etiladi. Buning uchun OAV xodimlaridan o‘zlari haqidagi ma’lumotni info@pfl.uz elektron pochtasiga yuborishlari so‘raladi.

mib
cola
apex
bmb