“Andijon” o‘tish o‘yinida ishtirok etadi

Bundan biroz oldin Coca Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, “sherlar” hisobidagi ochkolar soni 65 taga yetdi va jamoa mavsumni 1-o‘rinda yakunladi. 26 o‘yinda 16 ochko to‘plagan “Andijon” esa 13-o‘rinni egalladi va Superligada qolish uchun Pro liga vakiliga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Coca Cola Superliga. 26-tur

3 dekabr, payshanba

PAXTAKOR – ANDIJON 2:0 (2:0)

Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 1897 tomoshabin

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Davronbek Akmalov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Gollar: Dragan Cheran, 32 (1:0), Javohir Sidiqov, 33 (2:0)

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov, Anzur Ismoilov (Shahzod Azmiddinov, 77), Jaloliddin Masharipov (Hozimat Erkinov, 46), Dragan Cheran (Dostonbek Hamdamov, 46), Egor Krimets, Abror Ismoilov (Sadriddin Abdullaev, 77), Sardor Sobirxo‘jaev (Diyor Xolmatov, 81), Eren Derdiyok, Javohir Sidiqov.

“Andijon”: Eldor Adxamov, Azamat Isroilov, Farhod Miraxmatov, Xushnudbek Avilov, Baxtiyorjon Qosimov, Farhodbek Bekmurodov (Qahramon Bahodirov, 80), Abdullo Olimov (Siroj Meliev, 69), Usmonali Ismonaliev, Farhod Sohibjonov (Muhammad Yuldashev, 58), Doniyor Abdumannopov, Shahboz Jumaboev (Jamshid Homidov, 80).

Ogohlantirishlar: Abror Ismoilov, 71, Dostonbek Hamdamov, 88 – Baxtiyorjon Qosimov, 7, Usmonali Ismonaliev, 66.

mib
cola
apex
bmb