Pro liga. “Neftchi”ni mag‘lub etgan “Turon” Superligaga chiqdi

Hozirgina Pro liga 20-turidan o‘rin olgan “Neftchi” hamda “Turon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida kechgan uchrashuvda yaypanliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Islom Ismoilov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 38 taga etdi va jamoa 1-o‘rinni egallab, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Pro liga. 20-tur (1– 4-o‘rinlar)

1 dekabr, seshanba

NEFTChI – TURON 0:1 (0:1)

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 5210 tomoshabin

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Said Shohruh

Gol: Asilbek Qayumov, 81 (0:1)

Noaniq penalti: Javohir Sohibov, 16 (darvozabon)

“Neftchi”: Sherzodbek Abduraimov, Mirjalol Ne’matov, Otabek Zokirov (Anvarjon Xojimirzaev, 66), Islomjon Toshpo‘latov, Jamshid Qobulov, Dostonbek Toshmatov (Jamshidbek To‘raqulov, 66), Javohirbek Rasulov (Eldor Ergashev, 41), Dilyorbek Irmatov, Doston Avazbekov (Mansurjon Saidov, 46), Rustamjon Abduhamidov, Umar Adxamzoda.

“Turon”: Akmal Ortiqov, Abdulazizxon Abdurashidov (Shohruhbek Xolmatov, 89), Sunnatillo Ermatov, Oybek Axmatov (Umidjon Qodirov, 63), Javohir Sohibov (Asilbek Qayumov, 63), Doniyor Ismoilov, Doston Meliqo‘ziev, Asliddin Toshtemirov, G‘olib Sariboev, Ismoiljon Oxunjonov, Bilolxon Toshmirzaev (Xurshidbek Asqaraliev, 83).

Ogohlantirishlar: Sherzodbek Abduraimov, 15, Jamshid Qobulov, 19 - Javohir Sohibov, 7, Asliddin Toshtemirov, 15.

mib
cola
apex
bmb