Coca Cola Superliga. AGMK tarixda ilk bor sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi

Hozirgina Coca Cola Superligasi 25-turidan o‘rin olgan “Navbahor” hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan uchrashuvda nursiz durang qayd etildi – 0:0. Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 46 taga etdi va olmaliqliklar o‘z tarixlarida ilk bor O‘zbekiston chempionatining bronza medallariga ega chiqdi.

Coca Cola Superliga. 25-tur

29 noyabr, yakshanba

NAVBAHOR – AGMK 0:0

Namangan. “Markaziy” stadioni. 982 tomoshabin

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Alisher Fayziev

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Exsoni Panshanbe, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Azizbek Turg‘unboev, Sardor Telyakov, Mirzohid G‘afurov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Ruslan Bolov (Islom Rashidxonov, 84), Zabixillo O‘rinboev.

AGMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov (Dilshod Jo‘raev, 77), Elguja Grigalashvili, Sanjar Tursunov (Jasurbek Umarov, 68), Bahrom Abdurahimov (Mirjamol Qosimov, 88), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 68), Yovan Jokich, Saydullo Rahmatov, Boburbek Yuldashev, Husniddin G‘ofurov (Mirg‘iyos Sulaymonov, 88).

Ogohlantirishlar: Azimjon Ahmedov, 37 – Saydullo Rahmatov, 6.

Chetlatish: Saydullo Rahmatov (90+3, ikkinchi sariq).

mib
cola
apex
bmb