Coca Cola Superliga. “Nasaf” o‘z tarixida to‘rtinchi bor kumush medalga ega chiqdi

Hozirgina Coca Cola Superligasi 25-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Toshkentda kechgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu tariqa, “Nasaf” klubi o‘z hisobidagi ochkolarni 52 taga etkazib, turnir jadvalining 2-pog‘onasidan joy oldi.

Coca Cola Superliga. 25-tur

29 noyabr, yakshanba

BUNYoDKOR – NASAF 0:1 (0:1)

Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 699 tomoshabin

Hakamlar: Zokir Qodirov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Shuxrat Rajabov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Marko Stanoevich, 8 (0:1)

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Davronjon Ergashev, Ibrohimhalil Yuldashev, Hurshid G‘iyosov (Selim Nurmuradov, 74), Rasul Yuldashev (Suxrob Izzatov, 74), Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov, 74), Sanjar Qodirqulov (Dilshodbek Ahmadaliev, 84), Nurillo To‘xtasinov (Farruh Ikromov, 67), Ulug‘bek Abdullaev.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullaev, Dilshod Rahmatullaev (Shohmalik Komilov, 69), Bobir Abduxoliqov (Javohir Esonqulov, 77), Sharof Muhitdinov (Abubakrizo Turdaliev, 90), Jo‘rabek Mannonov, Islom Kenjaboev (Husain Norchaev, 69), Oybek Bozorov (Faysal Traore, 90), Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Davronjon Ergashev, 70 – Umarbek Eshmurodov, 74, Javohir Esonqulov, 89.

Chetlatish: Davronjon Ergashev, 89 (qizil kartochka).

mib
cola
apex
bmb