Coca Cola Superliga. AGMK “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Hozirgina Coca Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan AGMK hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Olmaliqdagi “OKMK” sport majmuasida kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Gollarga Bahrom Abdurahimov, Boburbek Yuldashov (dubl) va Mate Vatsadze mualliflik qildi. Shu tariqa, olmaliqliklarning 4 o‘yindan buyon davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasi o‘z yakuniga etdi.

So‘nggi bor Dilyaver Vaniev shogirdlari 19-tur doirasida “Mash’al”ni mag‘lub etgan edi.

Coca Cola Superliga. 24-tur

24 noyabr, seshanba

AGMK – ANDIJON 4:0 (3:0)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 97 tomoshabin

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Jalg‘asbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Shuxrat Rajabov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Bahrom Abdurahimov, 24 (1:0), Boburbek Yuldashov, 26 (2:0), Mate Vatsadze, 42 (3:0), Boburbek Yuldashov, 67 (4:0)

AGMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov (Mirg‘iyos Sulaymonov, 73), Sardor Rahmonov (Dilshod Jo‘raev, 85), Elguja Grigalashvili (Arslanmirat Amanov, 73), Murodjon Toshmatov, Sanjar Tursunov, Bahrom Abdurahimov (Mirjalol Qosimov, 73), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 85), Yovan Jokich, Boburbek Yuldashov, Husniddin G‘ofurov.

“Andijon”: Eldor Adxamov, Azamat Isroilov, Farhod Miraxmatov, Xushnudbek Avilov (Qahramon Bahodirov, 70), Baxtiyorjon Qosimov, Farhodbek Bekmurodov, Abdullo Olimov (Jamshid Homidov, 67), Usmonali Ismonaliev, Muhammad Yuldashev (Siroj Meliev, 56), Doniyor Abdumannopov, Shaxboz Jumaboev (Farhodjon Sohibjonov, 56).

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov, 48, Murodjon Toshmatov, 83 – Farhodbek Bekmurodov, 28, Azamat Isroilov, 83.

mib
cola
apex
bmb