Coca Cola Superliga. “Mash’al” “Navbahor” darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi

Hozirgina Coca Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Mash’al” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Muborakdagi “Bahrom Vafoev” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Gollarga Sardor Abduraimov, Humoyun Murtozaev va Ibe Okoro mualliflik qildi. Shu tariqa, “gazchilar”ning 9 o‘yindan buyon davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasi o‘z yakuniga etdi.

So‘nggi bor Dilyaver Vaniev shogirdlari 14-tur doirasida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etgan edi.

Coca Cola Superliga. 24-tur

24 noyabr, seshanba

MASh’AL – NAVBAHOR 3:0 (0:0)

Muborak. “Bahrom Vafoev” stadioni. 202 tomoshabin

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, To‘rabek Suyunov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Sardor Abduraimov, 56 (1:0), Humoyun Murtozaev, 60 (3:0), Ibe Okoro, 69 (3:0)
“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Ibe Okoro, Sherzod Temirov (Jahongirbek Abdusalomov, 89), Ella Ken Armand (Ibrohim No‘’manov, 46), Jamoliddin Ubaydullaev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov (Najmiddin Normurodov, 84), Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Humoyun Murtozaev (Mo‘minjon Meliev, 75), Denis Vasilev.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Exsoni Panshanbe (Abbosjon G‘ulomov, 81), G‘iyosjon Komilov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Azizbek Turg‘unboev, Sardor Telyakov, Mirzohid G‘afurov, Davronbek Hoshimov (Toxirjon Shamsitdinov, 64), Islom Rashidxonov (Ruslan Bolov, 46), Zabixullo O‘rinboev (Shohruh Mahmudxojiev, 64).

Ogohlantirishlar: Jamoliddin Ubaydullaev, 45, Sherzod Temirov, 57, Abbos Shodmonov, 85 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb