Coca Cola Superliga. “Andijon” mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Hozirgina Coca Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, ushbu g‘alaba “burgutlar” uchun mavsumdagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi. Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlari ushbu g‘alaba evaziga o‘z ochkolari sonini 16 taga etkazib oldi.

Coca Cola Superliga. 23-tur

19 noyabr, payshanba

ANDIJON - MASh’AL 2:1 (1:1)

Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni. 783 tomoshabin

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Xushnudbek Avilov, 2 (1:0), Sirojiddin Qo‘ziev, 4 (1:1), Qahramon Bahodirov, 88 (2:1)

“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Miraxmatov, Xushnudbek Avilov, Baxtiyorjon Qosimov, Farhodbek Bekmurodov, Abdullo Olimov, Usmonali Ismonaliev, Muhammad Yuldashev (Qahramon Bahodirov, 64), Doniyor Abdumannopov, Shahboz Jumaboev (Siroj Meliev, 64).

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov (Sardor Abduraimov, 90+1), Ifeani Ifeani, Ibe Maykl Okoro (Jahongirbek Abdusalomov, 75), Sherzod Temirov, Muhammadali Aliqulov, Jamoliddin Ubaydullaev, Abbos Shodmonov (Ibrohim No‘’monov, 64), Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Humoyun Murtozaev (Mo‘minjon Meliev, 90+1).

Ogohlantirishlar: Farhod Miraxmatov, 73, Abdullo Olimov, 86 - Ibe Maykl Okoro, 73, Muhammadali Aliqulov, 83, Sherzod Temirov, 84.

mib
cola
apex
bmb