Oliy liga. “Surxon-W” jamoasi mavsumdagi ilk golini kiritdi, ammo bu g‘alaba uchun kamlik qildi

Kecha ayollar Oliy ligasi 6-turidan o‘rin olgan “Surxon-W” hamda “Andijanka” jamoalari o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda andijonlik qizlar 7:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

E’tiborli jihati, kechagi bellashuvda “Surxon-W” jamoasi mavsumda ilk bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Buning uchun ularga 11 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Oliy liga. 6-tur (qoldirilgan o‘yin)

10 noyabr, seshanba

SURXON-W ANDIJANKA 1:7 (1:4)

Toshkent. RShVSMF stadioni. 23 tomoshabin

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Xayriniso Erkinova, Moxirabonu Muralieva, Kristina Borisova

Nazoratchi: Ro‘zim Davletmuratov

Komissar: Nigora Abidova

Gollar: Sevinch Murodullaeva, 6 (0:1), Sevinch Murodullaeva, 11 (0:2), Mahliyo Nazarqulova, 21 (0:3), Muqaddas Abdurahmonova, 37 (1:3), Mahliyo Nazarqulova, 43 (1:4), Oygulxon Yakubova, 54 Pen (1:5), Oygulxon Yakubova, 85 (1:6), Oygulxon Yakubova, 88 (1:7)

Ogohlantirish: Yo‘q – Nozimaxon Xolmirzaeva, 67.

mib
cola
apex
bmb