Oktyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca Cola Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab kelmoqda. Oktyabr oyida Superligada 18, 19, 20, 21 hamda 22-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Shota Arveladze (“Paxtakor”)  5 ta o‘yin – 5 ta g‘alaba

Ro‘ziqul Berdiev (“Nasaf”) 4 ta o‘yin – 3 ta g‘alaba, 1 durang

Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”) 6 ta o‘yin – 3 ta g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat

Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Jasur Hasanov (“So‘g‘diyona”) 6 ta o‘yin – 2 ta gol, 2 ta assist

Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”) 5 ta o‘yin – 4 ta gol, 2 ta assist

Bobir Abduxoliqov (“Nasaf”) 5 ta o‘yin – 4 ta gol

Oktyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Marko Stanoevich (“Nasaf” – AGMK)

Diyor Xolmatov (“Mash’al” – “Paxtakor”)

Dostonbek Hamdamov (AGMK – “Paxtakor”)

Aziz Turg‘unboev (“Qizilqum” – “Navbahor”).


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL  tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali oktyabr oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

mib
cola
apex
bmb