Ayollar chempionati. Quyi oltilik jamoalari Toshkentga tashrif buyuradi

2020 yilgi mavsum barcha jamoalar uchun iqtisodiy tomonlama og‘ir keldi. Shundan kelib chiqib, ayrim futbol klublari bir vaqtning o‘zida 6 jamoani moliyalashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgani sir emas. 

Oqibatda ayollar chempionatining quyi oltiligida ishtirokini davom ettirishi kerak bo‘lgan jamoalardan 5 tasi musobaqani davom ettira olmasligini ma’lum qildi. O‘zPFL mazkur holatni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda o‘rganib chiqdi. Yakunda ayollar futboli musobaqasi ham to‘liq o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘FA yuqoridagi 5 klub a’zolarining Toshkentda istiqomat qilishi hamda ovqatlanishi harajatlarini ko‘tarishga qaror qildi. O‘zPFL esa ular uchun markazlashtirilgan musobaqa tashkil etish vazifasini oldi. 

Shu tariqa “Navbahor-W”, “Qizilqum-W”, “Buxoro-W”, “Surxon-W” hamda “Andijanka” jamoalari 10-21 noyabr kunlari Toshkentda istiqomat qilishlariga kelishildi. Ularga oltinchi jamoa sifatida poytaxtning “Lokomotiv-W” klubi qo‘shiladi. Avvalroq “Lokomotiv” rahbariyati musobaqani 22 tur ko‘rinishida to‘liq davom ettirishga ham tayyor ekanini ma’lum qilgandi. 

Quyida o‘yinlar taqvimi keltirib o‘tilgan. Ularning barchasi “Chig‘atoy” sport bazasida tashkil etiladi. Yuqori oltilik jamoalari esa avvaldan kelishilgani kabi uy-safar tizimida turnirni yakunlaydi.

6-tur

10 noyabr, seshanba

15:00 SURXON — ANDIJANKA


12-tur

12 noyabr, payshanba 

10:00 BUXORO — QIZILQUM

12:30 SURXON — NAVBAHOR

15:00 ANDIJANKA — LOKOMOTIV


13-tur

14 noyabr, shanba  

10:00 LOKOMOTIV — NAVBAHOR 

12:30 ANDIJANKA — BUXORO

15:00 QIZILQUM — SURXON


14-tur

17 noyabr, seshanba 

10:00 QIZILQUM — ANDIJANKA

12:30 SURXON — LOKOMOTIV

15:00 NAVBAHOR — BUXORO


15-tur

19 noyabr, payshanba 

10:00 BUXORO — LOKOMOTIV

12:30 NAVBAHOR — QIZILQUM

15:00 ANDIJANKA — SURXON


16-tur

21 noyabr, shanba  

10:00 NAVBAHOR — ANDIJANKA

12:30 CURXON — BUXORO

15:00 LOKOMOTIV — QIZILQUM

mib
cola
apex
bmb