Coca Cola Superliga yakuniy 4 ta tur uchrashuvlari taqvimi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola Superliganing so‘nggi 4 tur uchrashuvlarini qay tartibda o‘tkazish yuzasidan barcha klublar takliflarini o‘rganib chiqdi.

Avgust oyida karantin sababli musobaqa markazlashgan holda davom ettirilgani bugunga kelib chempionatni to‘liq formatda yakunlash imkoniyatini bermoqda, shuningdek, bu orqali milliy terma jamoaning ham FIFA kunlaridan maksimal darajada foydalanishi ta’minlandi.

Ayni paytda futbol muxlislarining ham stadionlarga belgilangan tartibda kirishiga ruxsat etilgan. Mana shu muhim faktorni ham inobatga olib, Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari bilan fikr-almashgan holda chempionatning uy-safar tizimida o‘tadigan so‘nggi 4 tur uchrashuvlari taqvimi ishlab chiqildi.

Qayd etish lozim, so‘nggi 4 tur davomida barcha klublar 2 tadan uy va 2 tadan safar uchrashuvida ishtirok etadi. Bunda so‘nggi ikki tur uchrashuvlari bir vaqtda boshlanishi inobatga olinadi. Shuningdek, Coca Cola Superliga yakuniga etganidan keyin Coca Cola O‘zbekiston kubogi bellashuvlari start oladi.

 

Coca Cola Superliga

23-tur

19 noyabr, payshanba 

LOKOMOTIV — AGMK

ANDIJON — MASh’AL

BUXORO — QIZILQUM

20 noyabr, juma

NAVBAHOR — SURXON

METALLURG — BUNYoDKOR

PAXTAKOR — QO‘QON-1912

SO‘G‘DIYoNA — NASAF

 

24-tur

24 noyabr, seshanba

QIZILQUM — METALLURG

MASh’AL — NAVBAHOR

AGMK — ANDIJON

25 noyabr, chorshanba

QO‘QON-1912 — LOKOMOTIV

BUNYoDKOR — SO‘G‘DIYoNA

NASAF — PAXTAKOR

SURXON — BUXORO

 

25-tur

29 noyabr, yakshanba 

BUXORO — MASh’AL

METALLURG — SURXON

ANDIJON — QO‘QON-1912

SO‘G‘DIYoNA — QIZILQUM

NAVBAHOR — AGMK

LOKOMOTIV — PAXTAKOR

BUNYoDKOR — NASAF

 

26-tur

3 dekabr, payshanba 

PAXTAKOR — ANDIJON

AGMK — BUXORO

SURXON — SO‘G‘DIYoNA

QIZILQUM — BUNYoDKOR

QO‘QON-1912 — NAVBAHOR

MASh’AL — METALLURG

NASAF — LOKOMOTIV

mib
cola
apex
bmb