Pro liga. Birinchi bosqich bahslari yakuniga etdi

Bugun Pro liga 14-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Autsayderlar qatorida borayotgan “Xorazm” va “Zomin” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuning bilan Pro liganing birinchi bosqich bellashuvlari yakuniga etdi.

Pro liga. 14-tur

30 oktyabr, juma

XORAZM – ZOMIN 1:3 (0:2)

Urganch. “Yoshlik” stadioni. 225 tomoshabin

Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Jalg‘asbay Sarsenov, Bektursin Kannazarov, Jasur Tursunboev

Nazoratchi: Isxax Ibragimov

Komissar: Zohid Akramov

Gollar: Otabek Axmatjonov, 12 pen (0:1), Maradona Safarov, 43 (0:2), Farrux Xojibekov, 61 (0:3), Sarvarbek Jumaniyozov, 74 pen (1:3)

“Xorazm”: G‘ayratjon O‘daev, Ravshanbek Sultonov, Jasur Otajonov, Temur Masharipov, Farruh Haydarov, Temurbek Ismoilov, Timur Bekchanov (Norxon Sheripov, 61), Sardorbek Matmurotov, Habibulla Matyoqubov (Damir Nizanov, 46), Mirjalol Qurbonov, Sarvarbek Jumaniyozov.

“Zomin”: Javohir Kamilov, Ozodbek Rajabov, Eldor Karimov, Sherzod Jalilov, Otabek Axmatjonov, Lutfullo Fayzullaev (Doniyor Umarov, 65), Jonibek Ko‘chimov, Abdumutal Tursunqulov, Asiljon Mansurov, Maradona Safarov, Farruh Hojibekov (Mirjalol Suyunov, 65).

Ogohlantirishlar: Damir Nizanov, 88 – Jonibek Ko‘chimov, 87.

mib
cola
apex
bmb