AGMK - O‘zbekiston Superkubogi sohibi

Bugun OKMK sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi - Olmaliqning AGMK jamoasi kubok finalchisi "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda olmaliqliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi va Superkubokni ham qo‘lga kiritishdi.

AGMK – LOKOMOTIV 2:1 

Gollar: Husniddin Nishonov (7), Davron Choriev (9) — Mirzohid Xaydarxo‘jaev (34)

AGMK (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Ihtiyor Ropiev, Husniddin Nishonov, Artur Yunusov, Davron Choriev.

Zaxira: Abbosbek O‘lmasbekov, Temur Berdiev, Ilhomjon Hamroev, Abdulla Solixov, Davronjon Abdurahmonov, Alan Aminov, Davron Valijonov, Po‘lat Olimov, Muzaffar Ahadjonov, Anasxon Rahmatov.

"Lokomotiv" (birinchi beshlik): Klim Tyugaev, Sevastyan Mojaev, Ilhomjon Karimov, Xayrulla Solixov, Humoyun Sultonov.

Zaxira: Jamshid Rasulov, Husniddin Ashurov, Mirzohid Xaydarxo‘jaev, Fotix Vosiqov, Jamoliddin Sharipov, Zabixillo Dolimov, Boburbek Ergashev, Xabibulloh Muhammadjonov, Ravshanbek Asqarjonov, Sarvar Shoahmedov.

mib
cola
apex
bmb