Sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca Cola Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab kelmoqda. Sentyabr oyida Superligada 14, 15, 16 hamda 17-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Shota Arveladze (3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang)

Ro‘ziqul Berdiev (4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang)

Timur Kapadze (4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang)

Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Bobir Abduxoliqov (4 o‘yin, 5 gol)

Elguja Grigalashvili (4 o‘yin, 1 gol, 1 assist)

Temurxo‘ja Abduxoliqov (4 o‘yin, 2 gol, 1 assist)

Sentyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Abdulloh Olimov (“Andijon” – “Buxoro”)

Sirojiddin Qo‘ziev (“So‘g‘diyona” – “Mash’al”)

G‘ulom Haydar G‘ulomov (“Andijon” – “Lokomotiv”)

Shahzod Ubaydullaev (“Metallurg” – “Qo‘qon-1912”)

Alisher Sanoev (AGMK – “Qizilqum”).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL  tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali sentyabr oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

mib
cola
apex
bmb