“Istiqlol” futbol klubi bo‘yicha ma’lumot

Farg‘onaning “Istiqlol” futbol klubi stadion bilan bog‘liq masala ijobiy echim topmaganidan kelib chiqib, Pro liga musobaqasidan chiqib ketish borasida rasmiy xat yo‘lladi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu haqda ma’lumotnoma tayyorlab, uni O‘zPFL Ijroqo‘miga kiritdi. 

Bu vaqtda “Istiqlol” futbol klubi o‘z safida to‘p surgan futbolchilarning boshqa klublar bilan shartnoma imzolashiga qarshilik ko‘rsatmadi. Pandemiya davri barcha uchun noqulayliklar tug‘dirayotganidan kelib chiqib, O‘zPFL futbolchilar ishsiz qolmasligi uchun ularning shartnomalarini yangi klublari uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Bu jarayonlar fonida O‘zPFL Farg‘ona viloyati hokimi hamda “Istiqlol” futbol klubi ta’sischilari bilan muzokara o‘tkazdi. Jamoaning xususiy ekani, bir necha yillardan buyon quyi ligada muammolarsiz ishtirok etib kelayotganidan kelib chiqib, O‘zPFL “Istiqlol”ni saqlab qolishdan, shuningdek, endigina oldinga siljiyotgan Pro liga turnir jadvali o‘zgarishsiz qolishidan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Ayni vaqtda “Istiqlol” stadioni bilan bog‘liq masala yuzasidan og‘zaki kelishuvga erishilgan. Ishlar rasmiy maqomga ko‘chguniga qadar O‘zPFL turnir jadvaliga o‘zgartirish kiritmaydi. Shuningdek, O‘zPFL Ijroqo‘mi vakillarining “Istiqlol” futbol klubining musobaqadan chiqib ketishi borasidagi bayonini to‘liq imzolatishga shoshilinmaydi. 

O‘zPFL “Istiqlol” futbol klubi ishtirokidagi kechiktirilgan ikki uchrashuvni 14-turga qadar o‘tkazib olish rejasini ishlab chiqqan va bu borada Pro liga klublari vakillari bilan kelishuvga erishgan. Tashkilot bu boradagi keyingi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etib boradi.

mib
cola
apex
bmb