Ayollar Oliy ligasi. “Andijanka” – “Bunyodkor-W” o‘yini qoldirildi

Ayollar Oliy ligasi 5-turidan o‘rin olgan “Andijanka”– “Bunyodkor-W” uchrashuvi “Andijanka” jamoasi a’zolarida koronavirus aniqlangani uchun boshqa muddatga qoldirildi.  Avvalroq, shunday sabab tufayli “Andijanka”ning 4-turdagi “Paxtakor-W”ga qarshi uchrashuvi ham qoldirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zPFL qoshida shifokorlardan tuzilgan maxsus komissiya talabiga ko‘ra, ayollar Oliy va Birinchi liga jamoalari ham Ig G va PZR testlari topshirishi haqida xabar bergan edik. Shunday test jarayonida qatnashayotgan “Andijanka” klubining bir necha a’zolarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Shu bois, klub a’zolari extiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb