Pro liga. “Dinamo” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

Bugun Pro liga, 7-tur bahslari start oldi. Turning markaziy bahslaridan biri turnir peshqadami “Sho‘rtan” hamda “Dinamo” klublari o‘rtasida kechdi. “Dinamo” klubi uchrashuvda ikki bor hisobda oldinda borayotganiga qaramay, yakunda “Sho‘rtan” hisobni tenglashtira oldi – 2:2. Ushbu natija “Sho‘rtan”ga turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qolishga imkon berdi.

Pro liga. 7-tur

18 sentyabr, juma

ShO‘RTAN – DINAMO 2:2

Hakamlar: Rustam Choriev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Oybek Nurmatov, 41 (0:1), Shokir Yo‘ldoshev, 78 penalti (1:1), Damir Temirov, 80 (1:2), Andrey Sidorov, 81 avtogol (2:2)

“Sho‘rtan”: Mirzoxid Mamatxonov, Nurali Padarov, Xolmurod Xolmurodov, Olimjon Karimov, Ma’ruf Murodov (Xudoyorxon Sagdullaev), Shokir Yo‘ldoshev (Faxriddin Alimov, 85),  Elyor Omonjonov, Samandar Shodmonov (Jasur Qurbonboev, 67), Sherbek Eshmurodov (Bekzod Suvonov, 85), Islom Shodmonov, Asadbek Samariddinov (Jasur Xolto‘raev, 46)

“Dinamo”: Erkin Jabborov, Hakimxon Alamxonov, Avaz Agaliev, Bobur Qosimov, Suxrob Nurulloev (Shahboz Nuritdinov, 46), Jahongir Ahmadov (Eldor Boymatov, 57), Obid Jo‘raboev, Komil Sharafutdinov, Azamat Allaniyozov (Amirjon Safarov, 71), Shohruxbek Abdurahmonov (Damir Temirov, 57), Oybek Nurmatov (Andrey Sidorov, 71)

Ogohlantirishlar: Sherbek Eshmurodov, 62 – Jahongir Ahmadov, 30, Komil Sharafutdinov, 35, Avaz Agaliev, 87

mib
cola
apex
bmb