Ayollar Oliy ligasi. “Paxtakor-W” – “Andijanka” uchrashuvi qoldirildi

Ayollar Oliy ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Paxtakor-W” – “Andijanka” uchrashuvi “Andijanka” jamoasi a’zolarida koronavirus aniqlangani uchun boshqa muddatga qoldirildi.

Bundan avvalroq, test natijalari “Navbahor-W” jamoasi a’zolarida ham koronavirus aniqlangani bois, 3-tur doirasidagi “Andijanka” – “Navbahor-W” uchrashuvi qoldirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zPFL qoshida shifokorlardan tuzilgan maxsus komissiya talabiga ko‘ra, ayollar Oliy va Birinchi liga jamoalari ham Ig G va PZR testlari topshirishi haqida xabar bergan edik. Shunday test jarayonida qatnashayotgan “Andijanka” klubining bir necha a’zolarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Shu bois, klub a’zolari extiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan. Jamoaning 4-turda “Paxtakor-W”ga qarshi o‘yini esa, boshqa muddatga qoldirildi.

mib
cola
apex
bmb