Coca Cola Superliga. 18-tur uchrashuvlari sanalari ma’lum

O‘zPFL Coca Cola Superliga klublarining sentyabr oyi uchun taqvimini e’lon qilgandi. Ayni vaqtda uchrashuvlar belgilangan Reglament asosida o‘tkazib kelinyapti. 

Oktyabr oyida milliy terma ikki o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Ikkinchi uchrashuv katta ehtimol bilan safarda o‘tadi. Pandemiya sharoitida aviareyslar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL milliy terma futbolchilarining aniq qaytish sanalaridan kelib chiqib, qolgan uchrashuvlar sanalarini shakllantiradi. 

Unga qadar esa quyida 18-tur haqida ma’lumot olish mumkin. Bunda “Paxtakor” ishtirokidagi uchrashuv tahminiy sanaga tayin qilindi. Klub Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Toshkent derbisi boshqa sanaga qoldiriladi. Ma’lumot uchun, “Paxtakor”ning “So‘g‘diyona”ga qarshi 17-turdan joy olgan uchrashuvi ham Chempionlar ligasidagi natijasiga bog‘liq bo‘lib turibdi. 

Shundan kelib chiqib, Jizzax klubining “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvi 3 oktyabr sanasiga qo‘yildi. Ehtimolda klub avvalroq “Paxtakor”ga qarshi uchrashuv o‘tkazishi ham mumkin. Barchasi Toshkent klubining xalqaro maydondagi natijasi bilan chambarchas bog‘liq.  

18-tur

1 oktyabr, payshanba

METALLURG — ANDIJON 

SURXON — AGMK

2 oktyabr, juma

BUXORO — NAVBAHOR

QIZILQUM — QO‘QON-1912

3 oktyabr, shanba

NASAF — MASh’AL

SO‘G‘DIYoNA — LOKOMOTIV 

4 oktyabr, yakshanba 

BUNYoDKOR — PAXTAKOR

5 oktyabrdan FIFA kunlari start oladi va u 13 oktyabrga qadar davom etadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘FA Terma jamoalar bo‘limi safardan qaytish rejasiga aniqlik kiritsa, oktyabr oyining keyingi taqvimi shakllantiriladi.

mib
cola
apex
bmb