Quyi liga klublari uchun legionerlar to‘lovi ikki barobar kamaytirildi

2020-yilgi mavsumga qadar legioner futbolchilar uchun to‘lovlar ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lgan: O‘zPFL belgilab bergan talablarga javob beruvchi legionerlar uchun 20 million so‘m, javob bermaydiganlari uchun 100 million so‘m. 

2020-yilgi mavsum uchun reglament yozishda legioner futbolchilar saviyasi uchun futbol klublarining o‘zi bevosita javobgar ekani inobatga olindi va barcha legioner futbolchilar uchun to‘lov 50 million so‘m etib belgilandi. 

Pandemiya davrida futbol klublarida qiyinchiliklar bor ekani sir emas. Qolaversa, xorijdan bir qator futbolchilar O‘zbekistonga kelib, quyi liga klublari sinovidan o‘tishga harakat qilmoqda. Misol uchun, “Oqtepa” futbol klubi mana shunday yo‘l orqali Ibrohim Tomivani kashf qildi. Futbolchi quyi ligadagi uch uchrashuvdan keyinoq “Qizilqum”ga ijaraga berildi va u Coca Cola Superligadagi debyut o‘yinidayoq gol urishga erishdi. 

Virus sharoitida quyi liga klublarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zPFL ularning legioner futbolchilar uchun to‘lovlarini kamaytirish taklifi bilan chiqdi hamda tashkilot Ijroqo‘mining qo‘llab-quvvatloviga erishdi. Endilikda mazkur klublar bu boradagi to‘lovlarni ikki barobar kam miqdorda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

mib
cola
apex
bmb