Yozgi transfer. Kim qancha o‘zgarishni amalga oshirdi?

31-avgust kuni bizda yozgi transfer rasman o‘z yakuniga etdi. Avvalgi yillar bilan solishtirganda futbolchilarning boshqa klublarga ko‘chib o‘tishi statistikasi ancha kamaydi. Nega?

O‘zPFL mazkur transfer oynasida klublarga jiddiy talab qo‘ydi. Ya’ni, qarzdorligi mavjud klublarga transfer oynasida erkin harakatlanish imkoniyati berilmadi. Natijada bir qator klublar boshqa klublar oldidagi majburiyatlarini bajardi. 

Yaqin kelajakda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning yangi klublar bilan shartnoma tuzishi natijasida uni tarbiya qilgan klublar oladigan daromadlar, shuningdek, istalgan yoshdagi futbolchining transferidan uni tarbiya qilgan klublarga kelib tushadigan kompensatsiyalar masalasi O‘zbekiston futbolida tartibga kela boshlaydi. Pirovardida istalgan yangi futbolchi bilan shartnoma tuzishdan ko‘ra, o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisiga tayanishi ham arzonroq, ham foydaliroq ekani tushuniladi. Qarzdorligi mavjud bo‘lmagan klublar esa istalgan futbolchi bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega. 

10-avgust kuni transfer oynasi ochilgan vaqtda faqatgina “Paxtakor” va AGMK jamoalarida qarzdorlik mavjud emasdi. Mazkur klublar transfer oynasida faol bo‘lmadi. “Qizilqum” va “Navbahor” jamoalari esa O‘zPFL qistovi bilan bir qator qarzdorliklarni bartaraf qildi. Shundan keyingina ularga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imkon berildi. 

Qo‘shimchasiga “Buxoro” futbol klubiga fors-major holati sabab ko‘maklashildi. Sir emaski, klubning 4 nafar legioner futbolchisi pandemiya sabab O‘zbekistonga qayta olmadi. O‘zPFL mazkur futbolchilar o‘rniga yangilar bilan shartnoma tuzish imkoniyatini yaratdi. 

Shuningdek, ijarada qaytayotgan futbolchilar, xorijdan kelayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar, klubning o‘z futbol maktabidan etishib chiqayotgan futbolchilar, futbolchi bo‘lmagan boshqa personallar istalgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazib berildi. Quyida qaysi klub qancha yangi futbolchini yozgi transferda o‘z safiga qo‘shib olganini ko‘rish mumkin.    

10 — Qizilqum
4 — Buxoro
4 — Lokomotiv 
3 — Mash’al
3 — Metallurg
3 — Surxon 
2 — Navbahor 
1 — Bunyodkor 
1 — AGMK
0 — Paxtakor
0 — Qo‘qon-1912
0 — So‘g‘diyona 
0 — Andijon 
0 — Nasaf 

O‘zPFL qarzdorliklar va akademiyalar masalasida qat’iy pozitsiyaga ega. Tashkilot  bu boradagi savollar uchun barchaga birdek ochiqdir.

mib
cola
apex
bmb