Coca Cola Superliga. 13-tur maydonlarida o‘zgarishlar bor

Coca Cola Superliga 13-turidan joy olgan 3 ta uchrashuvda raqiblar maydon masalasida o‘zaro kelishuvga erishdi, O‘zPFL esa ularning taklifini qanoatlantirdi.  

28-avgust kuni “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” klublari Bekobodda kuch sinashishi kerak edi. Markazlashtirilgan musobaqa davomidagi futbolchilarning jismoniy holatlari inobatga olinib, uchrashuv nisbatan yaqinroq bo‘lgan “Jar” stadioniga ko‘chirildi. 

29-avgust kuni “Buxoro” va AGMK klublari “Bunyodkor” stadionida kuch sinashishlari kerak edi. Ammo Toshkentdagi yog‘ingarchilik “Bunyodkor” maysasi masalasida savollar paydo qilgan, natijada stadion bosh direktori maydonni avaylash masalasida rasmiy so‘rov bilan chiqdi. Shundan kelib chiqib, uchrashuv “Lokomotiv” stadioniga ko‘chirildi.

Shuningdek, 29-avgustda o‘tishi kerak bo‘lgan “Metallurg” — “Mash’al” uchrashuvi TTYMI stadionidan “Jar” stadioniga ko‘chirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb