“Andijon” U-21 va “Mash’al” U-21 jamoalari bo‘yicha bayonot

Kecha — 25 avgust kuni “Mash’al” U-21 — “Buxoro” U-21 jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq “Mash’al” klubi test javoblarini Komissiyaga o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun, O‘zPFL uchrashuv o‘tishiga ruxsat bermadi. 

Bugun — 26 avgust kuni vaziyat atroflicha o‘rganib chiqildi. Ayni vaqtda “Mash’al” futbol klubining asosiy tarkibi “Buxoro”ga qarshi uchrashuv uchun tayyor. Komissiya xulosasiga ko‘ra, U-21 jamoasining test natijalari “Mash’al” futbol klubiga bog‘liq bo‘lmagan sabab tufayli o‘z vaqtida etib kelmagan. Shundan kelib chiqib, “Mash’al” U-21 va “Buxoro” U-21 jamoalari o‘yini keyinroq muddatga qoldirildi. Uchrashuv sanasiga tez orada aniqlik kiritiladi.

“Andijon” U-21 jamoasi moliyaviy qiyinchiliklar sabab “Paxtakor” bilan uchrashuvga etib kela olmasligi bo‘yicha xat yo‘lladi. Shu boisdan bugun bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvda “Paxtakor” U-21 jamoasiga texnik g‘alaba yoziladi.

Ma’lumot uchun, Musobaqalar o‘tkazish reglamentining 8.7 bandiga muvofiq, U-21 jamoasi yana bir uchrashuvga uzrli sababsiz etib kela olmasa, klubning asosiy tarkibi ham O‘zPFL Ijroqo‘mi qarori asosida musobaqalardan chetlashtirilishi mumkin.

mib
cola
apex
bmb