Hakam, nazoratchi va komissarlar Ig G testi topshirdi

Xabaringiz bor, O‘zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o‘tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro‘yxat bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Jumladan, uchrashuvlarda bevosita faoliyat olib boradigan hakamlar, nazoratchilar va komissarlar ham bugun Ig G testidan o‘tishdi. Unga ko‘ra, markazlashgan tizimda tashkil etiladigan uchrashuvlar uchun tavsiya etilgan jami 58 nafar hakam hamda nazoratchilar va uchrashuvlarda ishlaydigan komissarlar Ig G uchun test topshirishgan.

Ushbu test natijalariga ko‘ra, jami 17 kishida virusga qarshi antitanalar shakllangan. Komissiya xulosasiga ko‘ra, umumiy holat barchada ijobiy va ushbu rasmiy shaxslar chempionat uchrashuvlarini boshqarishlari mumkin.

mib
cola
apex
bmb