O‘zPFL komissiyasi Ig G testlarini o‘tkazishda davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o‘tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro‘yxat bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Komissiya a’zolari "Qizilqum" klubining 33 nafar futbolchisini Ig G testidan o‘tkazdi. Unga ko‘ra, navoiyliklarning 11 nafar futbolchisi virusni allaqachon o‘z tanasidan o‘tkazib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. 

Shuningdek, "Andijon" jamoasida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, 10 nafar futbolchida antitanachalar shakllangani ma’lum bo‘ldi. Endilikda ular funksional holatni aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan o‘tishadi.

Bugun Maxsus komissiya "Paxtakor" klubi futbolchilarini ham tekshiruvdan o‘tkazdi. Barcha klublar natijalari borasida O‘zPFL rasmiy saytida xabar berib boriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb