Metallurg klubi futbolchilari Ig G uchun testdan o‘tishdi

Xabaringiz bor, O‘zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o‘tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro‘yxat bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazmoqda.
Komissiya a’zolari bungacha “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalarining 25 nafardan futbolchisini Ig G testidan o‘tkazgan edi. Kecha “Metallurg ” klubining 25 nafar a’zosi ham mazkur testni topshirdi. Unga ko‘ra, bekobodliklarning yana 14 nafari virusni allaqachon o‘z tanasidan o‘tkazib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa “Metallurg” safida allaqachon antitanachalar shakllangan futbolchilar soni – 14 nafarni tashkil etmoqda.

Komissiya Ig G testi natijasi musbat chiqqan futbolchilarning barchasini funktsional holatini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazib bormoqda. Ayni vaqtda bunday o‘yinchilarda futbol uchrashuvlarini davom ettirish bilan bog‘liq muammolar uchraganicha yo‘q.

Kecha, shuningdek, AGMK, “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” klublari vakillari Ig G testidan o‘tkazildi. Hozirga qadar AGMK yoshlar tarkibining 25 nafari test topshirib bo‘ldi. Ularning 10 nafarida natijalar musbat chiqdi. Endilikda ular funktsional holatini aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan ham o‘tishadi. “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” klublari topshirgan test natijalari hozir o‘rganib chiqilmoqda va ular haqida keyinroq xabar qilinadi.

Hozirga kelib, “Paxtakor” futbolchilari va personali ham Ig G testidan o‘tmoqdalar. Barcha klublar natijalari borasida O‘zPFL rasmiy saytida xabar berib boriladi.

mib
cola
apex
bmb