“Bunyodkor”ning 10, “Buxoro”ning 11 futbolchisida antitanachalar shakllangan

O‘zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o‘tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro‘yxat bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

14-avgust kuni birinchilardan bo‘lib “Buxoro” va “Bunyodkor” klublari 9-turning qoldirilgan o‘yini doirasida maydonga chiqadi. Shu boisdan Komissiya birinchi galda mazkur klublarga e’tiborini qaratdi.

Komissiya a’zolari dam olish kunlarida “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalarining 25 nafardan futbolchisini Ig G testidan o‘tkazdi. Unga ko‘ra, toshkentliklarning 10 nafari virusni allaqachon o‘z tanasidan o‘tkazib bo‘lgan, buxoroliklarda esa bu ko‘rsatkich 11 tani tashkil qilmoqda. Komissiya mazkur 21 futbolchining funktsional holatini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazdi. Ayni vaqtda ularda futbol uchrashuvlarini davom ettirish bilan bog‘liq muammolar yo‘q.

Rejaga ko‘ra, “Buxoro” futbol klubining o‘rinbosarlar tarkibi Toshkentga endi etib keladi. Jamoa a’zolari va klubning futbolchilardan tashqari xodimlari dushanba kuni Ig G testini topshiradi. “Bunyodkor” klubining qolgan vakillari ham kelayotgan hafta boshida birinchi testdan o‘tadi. Mazkur test javoblari musbat chiqmagan futbolchilargina PZR testini topshiradi.

Ma’lumot uchun, o‘z tanasiga virusni qabul qilib ulgurgan futbolchilarda qolganlardan farqli o‘laroq koronavirusni qayta boshdan o‘tkazish ehtimoli juda kam. Ular, shuningdek, boshqa insonga virusni yuqtirmaydi. Shundan kelib chiqib, Komissiya kasallikni ortda qoldirgan futbolchilarning funktsional holatinigina sinovdan o‘tkazyapti. Qo‘shimchasiga, kasallikni boshdan o‘tkazgan, ammo hali antitanachalar shakllanmagan futbolchilar ham mavjud. Yana bir necha kun ichida katta ehtimol bilan ularda ham virusga qarshi kurashuvchi immunitet hosil bo‘ladi. 

mib
cola
apex
bmb