Iyul oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca Cola Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab kelmoqda. Iyul oyida Superligada 7, 8 hamda 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Shota Arveladze (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Mirjalol Qosimov (AGMK) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Andrey Shipilov (“Metallurg”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Iyul oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Sanjar Tursunov (AGMK) – 2 o‘yin, 2 gol

Sardor Sobirxo‘jaev (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 1 gol, 2 assist

Shahzod Ubaydullaev (“Metallurg”) – 3 o‘yin, 2 gol

Eren Derdiyok (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 gol

Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”) – 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist

Iyul oyining eng chiroyli goli uchun ovoz bering

Sharof Muhitdinov (“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvida)

Najmiddin Normurodov (“Lokomotiv” – “Mash’al” uchrashuvida)

Sanjar Tursunov (AGMK – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL  tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali iyul oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz. 

mib
cola
apex
bmb