Bugun jonli efirda O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

23-iyul kuni O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Soat 19:00 da boshlanadigan ushbu marosim avval xabar berilganidek, “Bunyodkor” stadionida rasmiylar va murabbiylar ishtirokida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo yurtimizda karantin qoidalarining kuchaytirilishi bois, bugungi marosimda mehmonlar ishtirok etmaydi. Marosim “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichida Coca Cola Superliganing 14 klubi va saralash bosqichida g‘olib chiqqan Pro liganing ikki jamoasi ishtirok etadi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi. Guruh bosqichi ishtirokchilari

AGMK
“Andijon”
“Bunyodkor”
“Buxoro”
“Lokomotiv”
“Mash’al”
“Metallurg”
“Nasaf”
“Navbahor”
“Oq-Tepa”
“Paxtakor”
“Qizilqum”
“Qo‘qon-1912”
“Surxon”
“So‘g‘diyona”
“Sho‘rtan”.

Guruh bosqichida 16 jamoa 4 tadan 4 ta guruhda kurash olib boradi. Qur’a jarayonida kuchlilar yoki kuchsizlar savatlari bo‘lmaydi. Guruhda jamoalar jami 3 tadan o‘yinda ishtirok etadi. Mezbon va mehmon maqomini oldindan ko‘rsatilgan format bo‘yicha qur’a aniqlab beradi. Qur’a natijasiga ko‘ra, guruhdagi jamoalardan ikkitasi ikki mezbon va bir safar uchrashuvida, yana ikkitasi esa bir mezbon va ikki safar uchrashuvida ishtirok etadi.

Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi. Qur’a yordamida jamoalarning raqibi aniqlanadi. Bunda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalarga 2-o‘rin egalari raqib bo‘ladi. Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan klublar ¼ finalni mezbon sifatida, ya’ni o‘z uyida o‘tkazadi.

mib
cola
apex
bmb