“Xorazm” — “Dinamo” o‘yini qoldirildi

Pro liga 3-turidan o‘rin olgan “Xorazm” va “Dinamo” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv futbolchilar salomatligi masalasidan kelib chiqib, qoldirildi.

Aslida uchrashuv 15 iyul kuni Xorazmda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘ldi. Samarqandliklar 14 iyul kuni Xorazmga etib keldi. Kechga yaqin futbolchilarning uch nafari virus yuqtirganlikda gumon qilindi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida uchrashuvni bir kunga kechiktirdi.

Hozir olingan ma’lumotga ko‘ra, “Xorazm” futbolchilarida ham o‘zini yaxshi his qilmayotgan futbolchilar bor. Shundan kelib chiqib, ular shifokorlar nazoratida bo‘lishi mantiqroq deb topildi. O‘zPFL komissari Oybek Yunusov bellashuv hakamlarini o‘z uylariga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma oldi. Komissar “Dinamo” klubi futbolchilari bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritilguniga qadar Xorazmda bo‘ladi.

Mazkur bellashuv katta ehtimol bilan avvaldan belgilab qo‘yilgan Pro liga klublari uchun zaxira kunlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Zaxira kunlari O‘zbekiston Coca Cola kubogi musobaqasi sabab yuzaga kelgan bo‘lib, unda ishtirok etishi kerak bo‘lgan Pro liganing ikki klubi aynan zaxira kunlaridan foydalanishi lozim edi.

mib
cola
apex
bmb