Farm-klublarning yosh futbolchilariga o‘yin amaliyoti uchun imkoniyat yaratiladi

O‘zbekistonda karantin tadbirlari kuchaytirilgach, O‘zPFL Birinchi liga, ayollar futboli va futzalni vaqtinchalik to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi. 

Joriy mavsum Birinchi ligada “Paxtakor-2”, “Bunyodkor-2”, “Navbahor-2”, “Jizzax-Bars” kabi farm-klublar ishtirok etishi kerak edi. Mazkur jamoalarda O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga nomzod futbolchilar bor ekanligidan kelib chiqib, O‘zPFL ularning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turishlari uchun sharoit yaratadi. 

Endilikda farm-klublarning 2001 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan futbolchilari U-21 birinchiligida maydonga tushishlari mumkin. Bunda klublar bir uchrashuv oldidan to‘rt nafargacha farm-klub futbolchisini qaydnomaga kiritishi mumkin. Mazkur o‘zgarish Birinchi liga uchrashuvlari tiklanguniga qadar amalda bo‘ladi. 

Birinchi liga qayta tiklangach, yuqoridagi qaror o‘z kuchini yo‘qotadi. Reglamentga ko‘ra, o‘z farm klubiga ega jamoalar Superliga doirasidagi uchrashuvlarda farm-klub a’zolaridan istalgan miqdorda foydalanishi mumkin. Ya’ni, Vadim Abramov, Shota Arveladze, Andrey Kanchelskis, Ulug‘bek Baqoev kabi mutaxassislar o‘zlarining asosiy jamoalariga farm-klubning istalgan futbolchisini jalb eta oladi. Ammo farm-klub futbolchilari U-21 birinchiligida o‘ynash huquqiga ega emasdilar. U-21 birinchiligi murabbiylari o‘z navbatida U-18 jamoasi futbolchilaridan foydalanishi mumkin.

mib
cola
apex
bmb