“Lokomotiv-W” qizlarida koronavirus aniqlanmadi

Avvalroq “Lokomotiv-W” ayollar jamoasi joylashgan mehmonxonada koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqaro aniqlangani va jamoa shu bois zudlik bilan izolyatsiyaga olingani haqida xabar bergan edik. Shu tufayli, Oliy Liga 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor-W” – “Lokomotiv-W” uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan edi. Shu kuniing o‘zida jamoa koronavirus infektsiyasi uchun test topshirgan va jamoa joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasida karantinga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun jamoa vakillaridan olingan test javoblari e’lon qilingan va ularda virus aniqlanmagan. Shu bois, bugunning o‘zida “Lokomotiv-W” klubi ushbu mehmonxonadan to‘liq tarkibda Chirchiq shahridagi "Zerom" mehmonxonasiga ko‘chib o‘tgan. Jamoa ayni damda ushbu mehmonxona yaqinidagi “Kimyogar” stadionida mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

mib
cola
apex
bmb