Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sanksiyalar qo‘llanildi.

Coca Cola Superliga

Uchrashuv: “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona”

Jarimaga tortildi: Slavko Damyanovich (“Lokomotiv” futbolchisi )

Sabab: Bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun

Qaror: 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

U-21 Birinchiligi

Uchrashuv: “So‘g‘diyona U-21” – “Paxtakor U-21”

Jarimaga tortildi: Oybek Nurmatov (“So‘g‘diyona U-21” futbolchisi )

Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan tirsagi bilan zarba bergani uchun

Qaror: 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati

2019-yilning 17-dekabr kuni futzal Oliy ligasining AGMK – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvidan so‘ng “Paxtakor” jamoasi a’zolari Avazbek Avbduvaliyev, Dilshod Irsaliyev, Akmal Hazratqulov va Feruz Faxriddinov ommaviy janjal keltirib chiqargan edi. O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining 2019-yil 19-dekabr sanasidagi yig‘ilishida ushbu futzalchilarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan edi.

“Paxtakor” futzalchilari 2020-yilning 22-iyun kuni o‘z ishidan pushaymonligi, ushbu ish qayta takrorlanmasligini bildirib, murojaat qilishgani va pandemiya sharoitidan kelib chiqib, mazkur futzalchilarga belgilangan chetlashtirish choralari qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra:

Avazbek Abduvaliyev, Dilshod Irsaliyev va Akmal Hazratqulovga nisbatan 10 ta uchrashuvga chetlashtirish intizom chorasi 5 ta uchrashuvga almashtirildi va  jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Feruz Faxriddinovga nisbatan 20 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish chorasi esa 10 ta o‘yinga qisqartirildi va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

mib
cola
apex
bmb