Coca Cola Superliga. 8-turning ikki o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

6-iyul kuni Coca Cola Superligasida 8-tur uchrashuvlari start oladi. Taqvim bo‘yicha ushbu tur doirasidagi “Surxon” – “Lokomotiv” o‘yini Termizda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo, hozirda Termiz shahri Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xavfsizlik darajasi bo‘yicha ajratilgan hududlar toifasiga ko‘ra “qizil”, ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan hududga kirgani uchun, uchrashuv ikki tomonning roziligiga ko‘ra Toshkent shahriga ko‘chirildi. Jamoalarning ikkinchi davradagi bahsiga esa “Surxon” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Shuningdek, mazkur turdan o‘rin olgan “Mash’al” – “Paxtakor” bellashuvi ham aynan ushbu sabab tufayli Muborakda emas, Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb